So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar- oktabr oylari holatiga Jizzax viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlari hajmi 256,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 

Jizzax viloyatida 2024-yilning yanvar-oktabr oylari davomida yirik korxonalar tomonidan jami 50 726 dona yengil avtomobillari ishlab chiqarildi. 

Joriy yilning 27 -noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘I Jaxongir Yoʻldoshev hamda Zarbdor tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi  tomonidan 5 narx oʻrtacha xaftalik kuzatuvi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. 

2024- yilning 26- noyabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Zarbdor tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Navro'z” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Joriy yilning 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 26- noyabr kuni Arnasoy tumanida statistika bo‘limi  xodimi tomonidan bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 20126.4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106.8 % ni tashkil etdi.