So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda kutubxona muassasalari soni 20 tani tashkil etdi. Ulardan axborot-kutubxona markazlari 14 ta, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari 4 ta, ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar 1 ta va boshqa kutubxonalar 1 tani tashkil qiladi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 4,1 % ga oshdi va 711,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,1 % ulushiga to‘g‘ri keladi.
Respublikada 2021- yilning yanvar- avgust oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 866 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6332.4 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
29/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oxirgi yillarda Prezidentimizning ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilindi.
2021- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2 323 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 509 taga yoki 28,1 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.
2020- yil oxiriga maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolalar soni 52100 kishini tashkil etgan bo‘lib, 2016- yilda bu ko‘rsatkich 24237 kishini tashkil etgan.
28/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 44,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 1805,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 2,4 % va 97,6 % ni tashkil etdi.
28/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.
2023 yil - Aholini ro‘yxatga olish yuzasidan videolavha
Bugun Jizzax viloyati statistika boshqarmasida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. “Siyosiy-ma’rifat soati” boshqarning majlislar zalida onlayn shaklda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazildi.
27/09/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 651 tonna uzum yetishtirilgan. Uzum yetishtirish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,7 % ga oshgan.
Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda —qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- sentabr holatiga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 19 868 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshgan.
Ma’lumki yurtimizda aholini ro‘yhatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.
24/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 4572,5 mlrd.so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 114,0 % ni tashkil etdi.
24/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida jami 1849,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 104,2 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar-avgust oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 047,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
257-sahifa 269 dan



