So'nggi yangiliklar

Bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli ko‘pgina davlatlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020- yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yilga ko‘chirildi.

2021– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5 100,0 t. (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 0,3 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 48,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Qo‘mitaning hududiy statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro‘yxatini tuzish uchastkalariga bo‘linadi, bunda uchastka chegaralari o‘rtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Viloyat  statistika boshqarmasida  2021-yil III chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash  yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Viloyat  statistika boshqarmasi  rahbariyati, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlari  qatnashishdi.

2021- yilning yanvar-sentar oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 268,3 ming so‘mga yetdi. 2020- yilning yanvarsentabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 117,7 % ni tashkil etdi.

“Kelajak liderlari” klubi a'zolari Jizzax viloyat Statistika boshqarmasining faoliyati bilan tanishdilar

Joriy yilning 1- oktabr holatiga, viloyatimizda 28261 bosh otlar mavjud.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 30,8 mingta tug‘ilganlar qayd etilgan bo‘lib, shundan o‘g‘il bolalar 52,3 %, qiz bolalar 47,7 % ni tashkil etadi.

2021– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 21,3 ming t. uzum yetishtirildi.

2020/2021-o‘quv yili boshiga jami o‘qituvchilar soni 23,2 ming nafarni tashkil etib, ulardan 59,2% i qishloq maktablarida, 40,8% i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. Jizzax viloyatida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Chet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida mamlakatimizda 398 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2021- yil 1- yanvar holatiga arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-sentabr  oylari yakunlariga ko‘ra,Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 1 816,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda YaHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi11,7 % ni tashkil etdi

Joriy davrda 858,7 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 29,1 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  28,2 % ni tashkil etdi.

2021– yilning yanvar– sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Baxmal (2263,0 mlrd. so‘m) va G‘allaorol (1947,9 mlrd. so‘m) tumanlariga qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Jizzax shahri (253,2 mlrd. so‘m), Yangiobod tumani (370,2 mlrd. so‘m) va Zafarobod tumani (797,7 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.

2021 yil yanvar –sentyabr oylarida Jizzax viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish xaqi iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (kichik korxonalar va mikrafirmalar va qishloq xo‘jalik korxonalarsiz)  2347,7 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 649,7 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 1 078,4 mlrd. so‘mga oshdi.