So'nggi yangiliklar

Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni (tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha 2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, birlikda)

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar

2020-  yilning  yanvar-dekabr  oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining  ishlab  chiqaradigan  sanoat tarkibidagi  ulushi  5,9 % ni,  fizik  hajm indeksi  esa  98,6 % ni  tashkil  etgan bo‘lsa,  2021-  yilning  yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 4,7 %, fizik hajm indeksi 120,3 % ni,  ishlab  chiqarish  hajmi  esa  408,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari (tonnada )

Bugungi  kunda  xizmatlar  sohasi  iqtisodiyotning  eng  istiqbolli  va  tez rivojlanayotgan  tarmoqlaridan  biridir.  Savdo  va  transportdan  tortib moliyalashtirish,  sug‘urtalash  va  har  xil  turdagi  vositachilikka  qadar  keng faoliyat  doirasini  qamrab  oladi.  Aynan  shu  sektor  iqtisodiy  rivojlangan mamlakatlarda  band  bo‘lganlar  soni  bo‘yicha  iqtisodiyotning  asosiy  qismini tashkil qiladi.

2021– yilning yanvar–dekabr  oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 650,1 ming t. sut (2020– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 3,6 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sut yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut yetishtirish umumiy hajmidan 97,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 27 708 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da eksport hajmi 3711186,6 ming.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 119,7% ni tashkil etdi, shu jumladan:

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 493,8 ming dona maishiy sovutkichlar va muzlatkichlar ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich оʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 114,2 % ni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da tashqi savdo aylanmasining  umumiy hajmi 38,3 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

Viloyat  statistika boshqarmasi  ma’lumotlariga ko‘ra,  2022 yil 1 yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 1279  ta  ajrim holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Kun tartibiga binoan, Boshqarma boshlig‘i v.b Mulladjanov Dilshod Anvarovich yig‘ilishini ochib berib, Milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning boshqarmada joriy yil yakunida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dekabr oyida anor narxlari 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 7,4 % ga qimmatlashgan.