So'nggi yangiliklar

Joriy yilning avgust oyida kimyoviy tozalash xizmatlari respublika boʻyicha oʻrtacha 1,0 % ga qimmatlashdi.

Joriy yilning 27–29-sentabr kunlari hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limlari tomonidan “4 mehnat shakli” statistika hisobotini to‘ldirish va taqdim etish yuzasidan subyektlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Bugungi kunda viloyatda 3936 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda

2021-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 6,0 % ni, fizik hajm indeksi esa 123,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,9 %, fizik hajm indeksi 75,1 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 237,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, Elektr jihozlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 93,1 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 29,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 115,5 % ni tashkil etgan. 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 53,8 % ni tashkil etgan.

2022– yilning yanvar–iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 2180,5 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 99,9 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik  mahsulotlarining ulushi 29,6 % ni tashkil qildi.

2022– yilning yanvar- iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 5178,0 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 70,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 4,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. 

2022- yilning avgust oyida narxlari kuzatib boriladigan mevalar 1 oyda oʻrtacha 2,2 % ga arzonlashdi, shu bilan birga, ushbu guruhda narxlar yil boshidan 7,2 % ga pasaygan.

2022- yil 1- sentabr holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 545 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 107,6 foizga oshdi.

Ro'yxatdan o'tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- sentabr holatiga ko'ra 211 tani tashkil etib, ulardan 206 tasi yoki 97,6 foizi faoliyat ko'rsatmoqda.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha ro'yxatdan o'tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko'ra 2307 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 510 taga yoki 128,4 foizga oshganligini ko'rish mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyunida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 782,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.