So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar–sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Baxmal (2380,1 mlrd. so‘m) va G‘allaorol (2197,6 mlrd. so‘m) tumanlariga qayd etildi.

Xizmatlar sohasini har tomonlama rivojlantirish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, samarali bandlik va aholi turmush darajasini oshirishning dolzarb masalasidir.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 8890,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,4 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 23,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 7,6 % punktga kamaydi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 1-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 17,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,4 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

2022- yil yanvar- sentabr  oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 2 695,4 mlrd. so‘m.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun uchun ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyatining 2022– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 278,5 mln. dona tuxum yetishtirildi, o'tgan yilning yanvar–sentabriga nisbatan 16,8 % ga ko‘p yetishtirildi. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 53,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Xizmatlar sohasi bu – korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil turdagi xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan holda umumlashtirilgan toifadir.

2022– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 195,2 ming t. poliz (2021– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 14,0 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Poliz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda,poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 43,6 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2022-yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,2 % yoki 959,1 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. Bu esa oʻrtacha bir kunda 3,5 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72 321 dona “Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 192,6 % ni tashkil etdi.

Respublikaga 2022-yil yanvar-oktabr oyida jami 4195,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 2149,0 ming nafari (51,2 %) ayollar, 2046,9 ming nafari (48,8 %) erkaklar.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 59 164 dona damas avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 129,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 137,8 mlrd. so‘mga oshib, 5 844,3 mlrd. so‘mga yetdi.