So'nggi yangiliklar

Respublikamizda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2023-yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 23,7 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 325 tonna shampunlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan. 

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 413 599 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 409 988 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 2 192,6 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 %ga koʻpaydi.

Jizzax shahar Uchariq mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida Boshqarma bosh yuriskonsult tomonidan Vazirlar mahkamasining 2023-yil 2-sentabrda qabul qilingan 437-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida malumotlar berildi.

Bugun 8-sentabr kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tmoqda! Siyosiy-ma’rifat soatida Jizzax viloyati statistika xodimlari ishtirok etishmoqda. 

Statistika organlariga taqdim etiladigan 1-umumta’lim shakli (yillik) Umuta’lim tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini 2023- yil 10-oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida kichik tadbirkorlik hajmi 3 104,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha Surxondaryo (128,0 %), Namangan (125,4 %), Xorazm (124,8 %), Sirdaryo (124,6 %)  va Andijon (124,3 %) viloyatlari yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 986,7 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 41,7 %ga oshgan. 

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 63,6 %ni tashkil etdi. 

Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 55 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 627 196 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafarga (6,4%) koʻpaygan.

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 73,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 36,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-iyul oyida chakana savdo tovar aylanmasi 4236,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 1491,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 15,6 ming kishiga yoki 101,1 % ga ko‘paydi.