So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, jami 70 914 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib, 52,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 223 201 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida sugʻurta xizmatlarining yuqori oʻsish surʼatlari Surxondaryo (175,3 %), Xorazm (155,7 %), Fargʻona (136,9 %), Jizzax (135,4 %) va Qashqadaryo (132,6 %) viloyatlarida kuzatildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 502 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 4,8 %ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-oktabr oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1201004,2 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-oktabr oyiga nisbatan 637001,9 ming AQSH dollariga yoki 112,9 % ga ko‘paydi.

Boshqarmada 2023-yil 24-noyabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDAgi Qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 16311,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,8 % ni tashkil etdi. 

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan mazkur toʻplamda mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi va tahlili keltirilgan.

2023– yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 476,6 ming t. sut (2022– yilning yanvar–sentabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 18 904,5 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ida 46 110,7 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib. Bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 36,6 % ga o‘sgan.

2023- yil 1- yanvar holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 96,4 ming kishini tashkil etgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashi shahar va tumanlar kesimida, jami hajmidagi eng yuqori ulushi;  Jizzax shahriga- 62,2 %, Sharof Rashidov tumaniga - 13,0 % ni va G‘allaorol tumanida- 12,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 407,2 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 39,7 %ga oshgan. 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 17,8 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 42 945 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha: