So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar oyida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 637,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 822 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

2024-yilning 1-mart holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 810 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 110,6 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 106,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 323 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 7,3 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qayd etilgan nikohlar soni 35 067 nafarni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 24,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga koʻpaydi.

2024-yilning yanvar oyida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1,3 trln. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 115 tonna pishloq  ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida respublikamiz boʻyicha 3 208 ta egizak chaqaloqlar tugʻilganligi qayd etilgan.

2024-yil yanvar oyida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 073,8 ming soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar oyida jami 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1 542 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 14,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 % ga koʻpaydi.