So'nggi yangiliklar

2024- yilning 18- sentabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Forish” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “O'xum” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

2024- yil 1- yanvar holatiga kichik tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi shifokorlar jami soni 18,5 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 13,5 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.

2023- yilda  faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 41 249 tani (yoki jamiga nisbatan 9,9 %) tashkil etgan.  

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, ta’lim sohasida 6 237 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yil 1-avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 344 tani tashkil etib, shundan, yirik korxonalar soni 22 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 322 tani tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 14,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 11 % ni tashkil etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 243,6 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida mavjud sigirlar soni 382,9 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 135,8 trln soʻmga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari 145 842,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.  

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,4 trln soʻmni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga oʻsgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i norasmiy iqtisodiyotida 27 144,3 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 266 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 250,3 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.