29/04/2024

      2023-yilning yanvar-dekabrida 86 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etildi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida  16,3 mingtani tashkil etdi.

      Shu bilan birga hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni:

      Farg‘ona viloyati – 8 036 ta

      Samarqand viloyati – 7 570 ta

      Toshkent viloyati – 6 940 ta

      Xorazm viloyati – 6 347 ta

      Qoraqalpog‘iston Resp. – 6 247 ta

      Qashqadaryo viloyati – 5 922 ta

      Buxoro viloyati – 5 633 ta

      Namangan viloyati – 4 636 ta

      Jizzax viloyati – 4 424 ta

      Andijon viloyati – 4 185

      Surxondaryo viloyati – 3 804 ta

      Navoiy viloyati – 3 796 ta

      Sirdaryo viloyati – 2 203 tani tashkil etdi.