05/04/2024

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 237,3 ming tonna go‘sht (2022– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 2,3 % ga ko‘p) yetishtirildi. Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 94,3 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.