20/03/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi to‘g‘risida nizom” to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining (keyingi o‘rinlarda — Statistika agentligi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.Statistika agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunadi va unga hisob beradi. Statistika agentligi rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.