23/09/2025

     Jizzax viloyati  statistika boshqarmasiga Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazishga vaqtincha jalb qilinadigan xodimlar uchun qoʻyiladigan malaka talablari

 

     Lavozim: Roʻyxatga olish tadbiriga tashkiliy mutaxassis (vaqtinchalik)

 

    Malakaviy talablar:

  • Oliy maʼlumotga ega boʻlishi (iqtisodiyot, statistika, demografiya, pedagogika, axborot texnologiyalari yoki shunga yaqin yoʻnalishlarda ustuvor);
  • Davlat idoralari yoki mahalliy tashkilotlarda ish tajribasiga ega boʻlishi (koʻpi bilan 1–2 yillik tajriba yetarli);
  • Roʻyxatga olish jarayonlari boʻyicha milliy meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalar bilan ishlay olishi;
  • Soʻrovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi;
  • Jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish koʻnikmasiga ega boʻlishi;
  • Kompyuter dasturlari (Word, Excel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olishi;
  • Oʻzbek tilini mukammal, rus tilini kundalik ish jarayonida foydalana olishi maqbul.
  • Lavozim majburiyatlari
  • Hududiy komissiyalar va mahalla roʻyxatga oluvchilari faoliyatini amaliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
  • Roʻyxatga oluvchilarni oʻqitish jarayonida yordamchi sifatida ishtirok etish;
  • Roʻyxatga oluvchilardan tushgan maʼlumotlarni qabul qilish va instruktorlarga yetkazish;
  • Hujjatlar va hisobot shakllarini toʻgʻri yuritishda koʻmaklashish;
  • Roʻyxatga olish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni instruktorlar bilan hamkorlikda hal etish;
  • Maʼlumotlarni yigʻish, tekshirish va joyida nazorat qilishda ishti rok etish.
  • Qoʻshimcha afzalliklar:
  • Statistika yoki roʻyxatga olish sohasiga oid seminar va oʻquvlarda qatnashganligi;
  • Zamonaviy oʻquv vositalari (onlayn kurslar, interaktiv dasturlar)dan foydalanish koʻnikmasi;
  • Axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish qoidalarini bilishi.
  • Mutaxassisligi: Iqtisodiyot, statistika, pedagogika, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi yoki shunga yaqin yoʻnalishlar.

 

     Ishlash davri: 6 oy - 2025-yil 1-oktyabrdan – 2026-yil 1-aprelga qadar.

 

    Mutaxassis oʻziga yuklatilgan vazifalarni masʼuliyat bilan hamda samarali bajarishi natijasida, tashkilot tomonidan uni doimiy ishga qabul qilish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin.

 

    Ish haqi: 6 mlndan yuqori (soʻm).

   Murojat uchun tel:  +998 72 221-51-35