Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustda qabul qilingan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 126-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilishda farmonda Farmonda bandlik organlarini ish beruvchilarning hamkoriga aylantirish, ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan javobgarlik choralarini bekor qilish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida ushbu farmon qabul qilingan.
Quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib belgilangan.
Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish; kasbga o‘qitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilish; ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilab berilgan. inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish. farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.