Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningning “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.06.2024 yildagi PQ-228-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari yig‘ilishda milliy liboslar kuni munosabati bilan belgilangan tadbir ham o‘tkazildi. Yig‘ilishda quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va Bosh prokuraturasining aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (keyingi o‘rinlarda — Virtual akademiya) 2025-yil 1-yanvardan joriy etish haqidagi taklifi ma’qullangan.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish; korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish belgilangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.