O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” munasabati bilan yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvatlash, jamiyat hayotida ularning o’rni va faolligini oshirish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 2025-yilning 24-iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarma boshlig‘i va Sambhram texnologiya universiteti talabalari oʻrtasida ochiq muloqot tarzida “Rahbar va yoshlar”uchrashuvi tashkil etildi.
Boshqarma boshlig'i uchrashuv davomida yoshlarga statistika tizimidagi islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ichki iqlimni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy muloqot tarzida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, ular orasida kasbiy faollikni oshirish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirish va jamoa ichidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.