Sovungarlik MFY fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2025 yildagi 235-son “Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida qarorning asosiy masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024-yilda yo‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxatining 21-bandiga muvofiq Umummilliy birdamlik bog‘larini bosqichma-bosqich tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2025 — 2030-yillarda umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.