13/05/2025

      Uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar doimo e’tirofda.

     Joriy yilning 13-may kuni Statistika tizimida ko‘p yillik faoliyati davomida samarali mehnati bilan yoshlarga o‘rnak ko‘rsatib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan xodimlar L.Lukmanova, R.Tursunova,  A. Mirzayevlar nafaqaga hurmat ehtirom bilan kuzatib qo‘yildi.
   
     Ularga uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirilib, boshqarma tomonidan o‘zbek milliy an’analariga muvofiq esdalik sovg‘alari topshirildi.

     Ustozlarga ko‘p yillar davomida Statistika tizimiga qo‘shgan munosib hissalari uchun boshqarma rahbariyati hamda barcha xodimlari o‘z minnatdorchiligini bildiradi.