04/04/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ-100-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, milliy statistika tizimi doirasida rasmiy statistikani tayyorlovchilar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.     

   

    Unga ko‘ra 2025-yil uchun rasmiy statistika sohasidagi davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (keyingi o‘rinlarda — Statistika agentligi) tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika ma’lumotlari;

      rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari;

      ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan ma’muriy ma’lumotlar;

      normativ va metodologik asoslarni takomillashtirish, rasmiy statistika sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish va boshqa yo‘nalishlar belgilangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.