09/04/2025

      2025-yilning 9-aprel kuni yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyati Statistika boshqarmasida ham “Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludining 689-yilligi”ni keng nishonlash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.

      So‘zga chiqqan ma’ruzachilar buyuk sohibqiron Amir Temur hayoti hamda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

      Tadbir davomida Buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar, umuman o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berildi.