07/04/2025

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 25,6 ming dona konditsioner import qilingan.

      Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 % ga o‘sgan.
      O‘zbekiston 2025-yilning 2 oyida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:
      Xitoy — 24 795 dona;
      Turkiya — 287 dona;
      Koreya Respublikasi — 215 dona;
      Italiya – 190 dona;
      Rossiya — 89 dona.