27/03/2025

      2025-yil yanvar-fevral oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 3 110,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,2 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 520,7 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
      Ma’lumot uchun: 2024- yil yanvar-fevral oylarida xizmatlar hajmi 2 590,2 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 113,6 % ni tashkil etgan.