14/03/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-sonli qaror to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portalida yo‘lga qo‘yish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini ta’minlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yagona platforma operatori hisoblanishi belgilangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.