Viloyat statistika boshqarmasida joriy yilning 21-fevral kuni tashkil etilgan Ma’naviyat soati darsini viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari G'.Tangriyev ochib berdi hamda bugungi seminar yigʻilishi mavzusi “Atrof –muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” toʻgʻrisida ishtirokchilarga tanishtirdi.
Shundan, soʻng tadbir ishtirokchisi mehmoni Jizzax viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Axmedov oʻzining qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etayotganligini aytib, soʻz navbati berildi.
Xalqimizda “Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan maqol bor. Asrlar davomida inson o‘zining taraqqiyot jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi. Bugun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb e’tirof etmoqda. Afsuski, dunyo bo‘yicha kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi atrof-muhitning turli sohalariga salbiy ta’sir yetkazyapti. Dunyo mamlakatlari uning oldini olish uchun qonuniy va amaliy chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham bu borada tizimli reja asosida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilganini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida 2019-yil 30-oktabrda “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Chunki aholining ko‘cha-ko‘y, atrof-muhitga munosabati shunday taassurot uyg‘otadi. Toza-tartibli tutish birgina xonadonlar emas, qishlog‘-u shaharlarimizga ham tegishli emasmi? Taassufki, ayniqsa, shaharlarda ko‘p qavatli uylar, yo‘llar chetida turli xil chiqindilar sochilib yotadi. Ayrimlar to‘plangan maishiy xazonlarni, chiqindilarni yondirib, ulardan osongina qutilmoqchi bo‘ladi. Vaholanki, bunda inson hayotiga, iqlim sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab moddalar ajralib chiqadi, havoni zaharlaydi.