Viloyat Statistika boshqarmasida joriy yilning 23- yanvar kuni tashkil etilgan Ma’naviyat soati viloyat statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari G' Tangriyev ochib berdi hamda bugungi seminar yigʻilishi mavzusi «Oʻzbekiston- 2030» strategiyasining mazmun mahiyati -ekanligini ishtirokchilarga tanishtirdi.
Shundan so‘ng boshqarmaning ma’naviy ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ul xodimi F. Saipova 2023- yil 11- sentyabrda qabul qilingan Prezidentimizning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtdi.
Prezidentimizning maxsus farmoni bilan “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishlar doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
- har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
- barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
- suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish;
- qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
- mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish.