Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida, eksportyorlar soni 61 taga yetdi va ular tomonidan 11,2 mln AQSH dollari (nomonetar oltindan tashqari) qiymatidagi (2024- yilning mos davriga nisbatan 21,1 % ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.