28/02/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningning 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 106-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimidagi barcha xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazib, natijasi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlarini topshirish. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining statistika ma’lumotlarini to‘plash va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarini Institutda malaka oshirish kurslarida o‘qitish. Institut tomonidan xorijiy hamkorlar, shu jumladan, Koreya Respublikasining Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik o‘rnatib, o‘quv dasturlarini yangilash, o‘quv jarayonlariga xorijiy ilmiy pedagog xodimlarni jalb qilish hamda qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish belgilangan. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.