Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 22-sonli farmon to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi. aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklaridagi yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ularda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritish hamda “Online mahalla” platformasida aniq va batafsil ma’lumotlar bazasini shakllantirish vazifalari belgilangan. Farmaon mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.