Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 41-sonli qaror to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etish va oila a’zolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarning oila qaramog‘ida qolishini ta’minlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida qabul qilingan. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi. Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi