28/02/2025

      2025- yilning yanvar oyida import hajmi 98,3 mln AQSh dollarini va 2024- yilning mos davriga nisbatan 35,2 % ga kamaydi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (83,6 %), sanoat vositalari (4,0 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (2,3 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
      Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2025- yilning yanvar oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,5 mln AQSh dollariga kamaydi va 98,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi.