Joriy yilning 7- fevral kuni Baxmal tuman statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan tumandagi 81-maktabida o'quvchi va o'qituvchilar uchun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar so'ngida o'quvchi va o'qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.