10/01/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi 1016-sonli qonun to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashdan, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

      Ushbu Qonun davlat sirlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarish majburiyatini olgan yoki o‘z maqomiga ko‘ra ularni bajarishi shart bo‘lgan shaxslarga, shuningdek davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.