03/01/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 865-sonli qaror to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

  

      Davlat xaridlari tizimida shaffoflik ta’minlanishi va xaridlar jarayonlarining raqamlashtirilishi ushbu sohada raqobat muhitini yanada kengaytirish hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

      “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, xarid jarayonlarini raqamlashtirishni jadallashtirish va “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu qaror qabul qilindi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.