09/01/2025

Boshqarmada tashkil etilgan seminarda “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik” mavzusida tashkil etildi. Seminar Yuksalish harakati Jizzax viloyat vakillari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Yuksalish harakati vakillari o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etishdi.

      Tadbirda quydagi ma’lumotlarga alohida e’tbor qaratildi. Birlashgan millatlar tashkilotining 2003- yil 31- oktyabrdagi (O‘zbekiston Respublikasi 2008- yil 7- iyulda qo‘shilgan) “Korrupsiyaga qarshi” konvensiyasining III-bobida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar deb qo‘yidagi qilmishlarni tan olish tavsiya etilgan: Ommaviy milliy mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirib olish (15-modda); Ommaviy chet el mansabdor shaxslarni va ommaviy (rasmiy) xalqaro tashkilotlar mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirib olish (15-modda); Ommaviy mansabdor shaxs tomondan talon-taroj qilish, noqonuniy o‘zlashtirish yoki maqsaddan tashqari boshqacha tarzda foydalanish (17-modda); G‘araz maqsadda obro‘ ta'sirini suiiste'mol qilish (18-modda); Mansab vakolatini suiiste'mol qilish (19-modda) ushbu javobgarliklar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar deb belgilangan.

      Yig‘ilishda davomida davlat dasturida belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar bilan faol qatnashdilar.