27/12/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 23-dekabrdagi “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” ro‘yxat raqami 3588-sonli buyrug‘i to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avtomatik shakllantiriladigan ma’lumotlar — “Yuridik yordam” axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali inson omilisiz avtomatik ravishda olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma’lumotlar Tizim orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10-iyul sanasiga qadar, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10-yanvar sanasiga qadar taqdim etiladi.

      Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.