13/12/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-417-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish hamda joriy yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchilarga qulay raqobat muhitini ta’minlash, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.

      2025-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etishning quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinishi belgilangan.

      Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.