Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “9- dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” mavzusida targ‘ibot tadbiri to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
2003- yil 31- oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi;
2000- yil 15- noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;
1999- yil 27- yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi;
1999- yil 4- noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar.
O‘zbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008- yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010- yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.