19/12/2024

      Joriy yilning 18-dekabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

      Vebinarda xodimlarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.Shuningdek, xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.