Joriy yilning 16-dekabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Sharipov hamda Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i F.Saipov tomonidan 4-invest (asosiy) shakli hisobotini topshiruvchi respondentlarga va hududiy statistika bo'lim xodimlariga hisobotni sifatli topshirish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali 4-invest (asosiy) shakli hisobotini sifatli topshirish va tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni satrlarga to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha tushuntirib berildi hamda berilgan savollarga atroflicha javob berib oʻtildi.