11/12/2024

      Prezidentimiz shu yilning 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatlari ekilib, yashillikni 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish boʻyicha marra olinganini taʼkidladi.

 

      Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

      Joriy yilning 7-8-9-dekabr kunlari viloyat Statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari tomonidan mevali va manzarali daraxt  koʻchatlari ekildi.