Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz poydevoridir mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz bergani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi, shu bilan bir qatorda, Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganini ifoda etadi.
Xalq — davlat hokimiyatining birdan-bir manbai O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining avvalgi tahriri 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston xalqining vakolatli vakillari bo‘lmish parlament a’zolari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari tomonidan qabul qilinganini bilamiz. Bundan farqli o‘laroq, mamlakatimiz Asosiy Qonunining yangi tahriri bevosita umumxalq referendumida — to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi. Shu ma’noda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining haqiqiy muallifi xalqning o‘zidir. Fuqarolarning xohish-irodasi esa islohotlarning manbai va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
06/12/2024