Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Keksa avlod vakillarining bilim va tajribasidan foydalangan holda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish tizimini joriy etish hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish jarayoniga faol nuroniylarni jalb etish va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu qaror ishlab chiqildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi) mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniyni beshta kambag‘al oilaga biriktirish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilingan. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.