22/11/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-774-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibini belgilaydi. davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to‘liq yoki qisman ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam.

      Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) — Qonunga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan advokatlar haqidagi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.