08/11/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli qonuni bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ixtiyoriylik, ijtimoiy himoya, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, kasbiy mahorat hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir.

      Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholining ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash; shaxsga uning hayotida yuzaga kelgan psixologik muammolarni hal etishda hamda tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olishda ko‘maklashish. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.