11/10/2024

      O’zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga 402 802 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

      Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

      savdo sohasida – 151 996 ta;

      sanoat sohasida – 63 947 ta;

      qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 35 189 ta;

      qurilish sohasida – 30 548 ta;

      yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 596 ta;

      tashish va saqlash sohasida – 16 751 ta;

      axborot va aloqa sohasida – 10 149 ta;

      sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 785 ta;

      boshqa sohalarda – 55 841 ta.