Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 14271,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,3 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,9 % ni tashkil etdi.