So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 21,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasining jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 7 % ni yoki 7,6 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 544 757 t. goʻsht (2023-yilning yanvar–martiga nisbatan 103,5 %), 1 986 907 tonna sut (103,3 %), 1 435,121 ming dona tuxum – (106,9 %) yetishtirildi va 17 952 t. baliq (110,3 %) ovlandi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko'ra Respublikamizda jami 298 338 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Respublikamizda 2024-yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 30,1 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 064,4 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,4  barobarga oshgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 2 209,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga o‘sdi.

2024- yil yanvar- mart oylarida viloyatda 2386 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 29,9 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Respublikamizda sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Respublikamizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Respublikamizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 10 901 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.