So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari holatiga respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabrida 86 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etildi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 16,3 mingtani tashkil etdi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, 298 338 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

Joriy yilning 25-aprel kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmaning faollar zalida O‘zbek she’riyatining yorqin vakili shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida 1,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 47,7 % ni tashkil etdi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,9 mln. tonna sut yetishtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-aprel holatiga ko’ra jami 401 278 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2023-yil yakunlariga ko‘ra Respublikasida tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 56,7 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 120,7 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 15 773,3 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.