17/04/2024

      2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 897 nafarga yoki 6,7 % ga oshgan.

      Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha (nafar):

      qarindoshlarni yoʻqlash – 6 393;

      sayyohlik – 5 363;

      xizmat yuzasidan – 2 238;

      tijorat – 243;

      oʻqish – 19;

      davolanish – 11.